Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🛡 “Korrupsiyaga qarshi birlikda kurashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 28-sonli bayonnomasida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida Ishtixon tumanida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari J.Rasulov, M.Raximov va N.Kiyamov ishtirok etib, Ishtixon tumani kasb-hunarga o‘qitish markazida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirishga qaratilgan muloqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirdilar. 👥📘

Tadbir davomida:

korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri,

ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi vazifalar batafsil yoritib berildi. 🛡📑

Deputatlar ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning burchidir.

📌 Mazkur faoliyat aholining xabardorligini oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va halollik tamoyillarini keng yoritishga qaratilgan.

Slide 1 of 6