Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 24-Chanoq saylov okrugidan saylangan deputat D.Saidova tomonidan o‘ziga biriktirilgan Qora-qo‘yli mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida noqonuniy chiqindixonalar, shuningdek. haftaning seshanba kuni bo‘ladigan dehqon bozor atrofidagi zovur yoqalarida betartib to‘planib qolgan chiqindilar holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur masala yuzasidan bozor ma’muriyati xodimi hamda Obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i bilan muammolar bartaraf etish choralari belgilab olindi.
O‘rganish davomida aniqlangan chiqindixonalarni qisqa fursatda bartaraf etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.