Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi yo‘l mahalla yettiligi faoliyati — amaliy o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Beruniy mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
“Markaz” mahallasida ochiq muloqot: aholi muammolarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar va qat’iy yo‘nalishlar belgilab olindi
янв.21
Farg‘ona tumanida Xalq deputatlari Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Yuqori archa” mahallasida ochiq muloqot — aholi muammolarini kechiktirmasdan hal etish uchun qat’iy vazifalar belgilab, aniq mas’uliyat yuklatildi
янв.21
“Pastki archa” mahallasida ochiq muloqot — muammolarni kechiktirmasdan hal etish bo‘yicha keskin choralar belgilandi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasida dolzarb muammolar bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
“Farg‘ona tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish — Kaptarxona mahallasida ochiq muloqot”
янв.21
Farg‘ona tumani — “Konchilar” mahallasida ochiq muloqot
Beruniy mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Beruniy mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bumayram Sobirova Yoshlarobod saylov okrugiga kiruvchi Beruniy mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar yuzasidan mahalla yettiligi hisoboti eshitildi.

Muloqot davomida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan gaz bosimining pastligi, shuningdek, mahallaning og‘ir hududlar toifasiga kiritilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganishlar natijasida mahallada 6 ta ko‘cha ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangani, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta transformator punkti o‘rnatilgani, shuningdek, 75 ta elektr ustuni yangilangani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, mahallaning ichki infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 4,5 kilometr ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 6