Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiyamiz hamkor tashkilotlar bilan birga “Konstitutsiya: ijtimoiy adolat va birdamlik kafolati” mavzusidagi davra suhbatini o‘tkazmoqda. Davra suhbatida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, 17-"Miskin" saylov okrug deputati Parizod Ziyo ishtirok etdi.