2025-yil 15-sentyabr kuni Urganch shahar hokimi Bunyod Radjapov shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida keyingi uch yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar yuzasidan shahar aholisi va faollariga Murojaat qildi.
Murojaatda shaharda iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qurilish, kommunal tarmoqda, ijtimoiy sohada erishilgan natijalarni chuqur tahlil qildi. Amalga oshirilgan yirik loyihalarga to‘xtaldi. Shuningdek,
xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini oshirish, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishdagi ishlarga e’tibor qaratdi.
Shahar rahbari aholi turmush farovonligini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash, xorijiy inveestitsiyalarni jalb qilish va eksport imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan maqsad va dasturlar haqida ma’lumot berdi.