Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
❇️ PARTIYA GURUHINING MANSABDOR SHAXS ESHITUVI
янв.21
✅ Onalik va bolalik – doimiy e’tiborda!
янв.21
Kelajagimiz egalari sog‘lom bo‘lsin!
янв.21
Farg‘ona tumanida “Paxta–2025” yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Yoshlar salomatligi — millat ravnaqi, kelajak kafolati!
янв.21
O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi, kelajagimiz egalari bo‘lmish bolajonlar salomatligi holatlari doimiy ravishda o‘rganib kelinmoqda.
янв.21
Kelajagimiz egalari sog‘lom bo‘lsin!
янв.21
Yoshlar salomatligi — eng oliy maqsadimiz
Davlat xizmatlari markazida monitoring o‘rganish ishlari olib borildi.

Joriy yilning sentabr oyida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazida monitoring va o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, shaffoflik darajasi, xodimlarning xizmat madaniyati va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish mexanizmlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Monitoring davomida deputat markazda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari, ularning elektron tarzda taqdim etilishi, navbatda turish tizimi va murojaatlarning ko‘rib chiqilish tartibi bilan bevosita tanishdi.

Sh.Mirzaqulov o‘zining deputatlik vakolatlaridan kelib chiqqan holda, markaz faoliyatini tahlil qilar ekan, ayrim yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish, aholiga qulayliklar yaratish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi. Xususan, fuqarolarning kutish vaqtini yanada qisqartirish, interaktiv xizmatlar sonini oshirish va xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Monitoring yakunida deputat Sh.Mirzaqulov markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida olib borayotgan faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirdi hamda kelgusida ham bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi. 

Slide 1 of 3