Bekobod shahri "Navro‘z" MFY hududida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabi hovlisida Xalq deputatlari shahar kengashi raisi, shahar hokimi N.Babayev, Xalq deputatlari shahar kengashining “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat J.Usmonaliyevning mahalla aholisi bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda aholiga respublika va hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, ularning hayotimizdagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, muloqotda mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan holi hududga aylantirish, tadbirkorlik muhitini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, aholi muammolarini joyida hal etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalarni tezkor hal etish maqsadida mas’ul rahbarlarga joyida topshiriqlar berildi hamda
ular ijrosi qat’iy nazoratga olindi.