Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari hududlarda: aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Yuqori Archa mahallasida aholi muammolarini hal etish masalalari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Saylovchi muammosi – deputatlar e’tiborida!
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: ta’lim muassasalari infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
“Xonqiz” mahallasida muammolar bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Yangi yo‘l mahalla yettiligi faoliyati — amaliy o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Beruniy mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Prezidentimizning Sloveniyaga rasmiy tashrifi – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilab olindi. Xususan, savdo-iqtisodiy, sanoat, innovatsion texnologiyalar, “yashil energetika”, tibbiyot, farmatsevtika, hamda ta’lim sohalarida yirik kelishuvlarga erishildi. Ushbu tashrif nafaqat yirik loyihalar, balki xalq diplomatiyasining mustahkamlanishida ham muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosat – yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini yuksaltirmoqda. Biz, joylardagi deputatlar sifatida, ushbu tarixiy tashrif natijalarini joylarda to‘g‘ri tushuntirish, aholi ongiga yetkazish, va eng asosiysi – yangi imkoniyatlardan hududimizda samarali foydalanish borasida faol bo‘lishimiz zarur. Davlatimiz rahbari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi islohotlarni birgalikda amalga oshirish – bizning burchimizdir.
Samarqand shahar Kengashi deputati Farmon OCHILOV