Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_ta_qonun

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Bandixon” mahallasida “yettilik” faoliyati va PF-209-sonli Farmon ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, quyi bo‘g‘in idoralari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati X.Abdimo‘minov “Bandixon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va mahalla mas’ullari faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Tashrif doirasida mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning kunlik faoliyati, xonadonbay ishlash natijalari va aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi tahlil etildi.

Tadbirlar yakunida deputat X.Abdimo‘minov tomonidan hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish yuzasidan mutasaddi xodimlarga tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1