Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2-sonli texnikum kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan 2-sonli texnikum kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud kitob fondining holati, o‘quvchi-yoshlarning darslik va badiiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari hamda kutubxona faoliyatining yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, texnikum kutubxonasida 6 mingga yaqin kitobdan iborat kitob fondi mavjud. O‘rganish jarayonida mazkur adabiyotlarning saqlanishi va tartibga solinishi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda mavjud adabiyotlardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kutubxonada kataloglar va kitobxonlik formulyarlarining yuritilishi holati o‘rganildi. Kutubxona fondidagi adabiyotlarni tizimli hisobga olish, kitobxonlarga berilgan adabiyotlarni qayd etish hamda kutubxona hujjatlarini belgilangan tartibda yuritish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘quvchi-yoshlarning zamonaviy ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida elektron darsliklar bilan ta’minlanganlik holati ham ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, texnikum o‘quvchilari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari va kitobxonlik muhitini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4