Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
“Shirin” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat Sh.Usmonov saylangan saylov hududida joylashgan “Shirin” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida mahallada ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, mahallada 42 nafar ishsiz fuqaroning 28 nafari ishga joylashtirilgan. Qolgan 14 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha ham tegishli ishlar olib borilmoqda. Ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, ayni paytda mahalladagi 4 871 ta axoli kesimida xatlov ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Xatlov jarayonida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari hamda mavjud ehtiyojlari o‘rganilmoqda.

Har bir xonadon bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish, aniqlangan muammolarni tegishli yo‘nalishlar asosida tizimli hal etish va fuqarolarni mavjud imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Muhokama yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish hamda xatlov natijalaridan kelib chiqib, aholining muammolarini manzilli hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4