Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan “Qaymoqli guzar” mahallasidagi yo‘l va infratuzilma muammosini bartaraf etish yuzasidan navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

“Qaymoqli guzar” mahallasi hududida o‘tkazilgan deputatlik o‘rganishi davomida aholi uchun noqulaylik va xavf tug‘dirayotgan bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, Turkiston ko‘chasidan “Qaymoqli guzar” mahallasiga kirish qismida elektr simlarini yangilash maqsadida olib borilgan kavlash va ta’mirlash ishlari yakunlangan bo‘lsa-da, yo‘lning kavlangan qismi ochiq qoldirilgani hamda asfalt qoplamasi qayta tiklanmagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat, ayniqsa, yosh bolalar va piyodalar xavfsizligiga tahdid solayotgani, shuningdek, avtotransport vositalarining harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani sababli deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari M.Mirmaqsudovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mazkur hududda kavlash va elektr simlarini yangilash ishlarini amalga oshirgan mas’ul tashkilot hamda pudratchini aniqlash so‘ralgan.

Shuningdek, Turkiston ko‘chasidan “Qaymoqli guzar” mahallasiga kirish qismidagi kavlangan yo‘l maydonini sifatli va kafolatli tarzda asfaltlab, avvalgi holatiga keltirish, hududni tartibga solish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma axborot taqdim etish talab qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2