Yangiliklar

XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillayeva hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Rasta mahalla fuqarolar
yig‘inida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xalq
deputatlari tuman Kengashiga taqdim etilgan “Tumanda xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik
tashabbuslarini rivojlantirish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
hamda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar
to‘g‘risida”gi hisobot doirasida tashkil etildi.


O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, doimiy
daromad manbalarini yaratish, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar bilan
olib borilayotgan ishlar holati, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy,
huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.


O‘rganishlar yakunida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini kuchaytirish yuzasidan taklif
va tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar “Deputatning
ko‘cha daftari”ga kiritilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 2