Yangiliklar

Yoshlar bandligi va mazmunli hordiqni ta’minlash – deputat nazoratida

 “Adolat” SDPdan saylangan 23-Buyuk Ipak yo‘li saylov okrugi deputati F. Dushanov tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

👥 O‘rganish jarayonida hududlarda yoshlarni sport, madaniyat, kitobxonlik hamda kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish borasida olib borilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

📊 Deputat tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi alohida nazoratga olinib, ularning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

✅ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ishlarning izchil davom ettirilishi deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Slide 1 of 2