🔷 Tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan birgalikda “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔷Uchrashuvda fuqarolarning turli sohalarga doir murojaatlari tinglandi.
✅ Xususan, hududda joylashgan yangi ochilgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasiga olib boruvchi Temiryo‘lchilar ko‘chasining yo‘l chetiga turli maishiy chiqindilarni tashlab ketish xolatlari ko‘payib borayotganligi hamda ushbu ko‘chada ichimlik suviga oid masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha deputat nazorati o‘rnatildi.