Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Kengashning 2023 yil 7 oktyabr kungi “Tumanda maishiy chiqindlarni olib ketish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ahvoli to‘g‘risida”gi Qarori bandlarini bajarish bo‘yicha tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i M.Siddiqovning, tuman sanitariya epidimiologik, osoishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i A.Parpiyevning, “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MCHJ Quva tumani bo‘yicha boshqaruvchisi M.Xakimovlarning axborotlari tinglandi.
Yig‘ilishda deputatlar xar bir axborot yuzasidan o‘zlarining tanqidiy fikrlarini bildirdilar. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha esa tegishli qaror qabul qilindi.