Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 14,15-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ichki tartib qoidalarining mavjudligi, fan o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik xolati, sinfxonalarda sanitariya gigiyena talablariga rioya qilinishi, pedagoglar hamda o‘quvchilar tomonidan ta’lim muassasalarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish yuzasidan me’yoriy xujjatlar talablarini bajarilishi, davomat savollari o‘rganildi.
Deputatlar, shuningdek, 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun tikuvchilik, qandolatchilik (pishiriqlar) yo‘nalishida tashkil etilgan to‘garaklardagi mashg‘ulotlar jarayoni bilan ham tanishdilar.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab raxbarlariga tegishli tavsiyalarini berdilar.