Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari joriy yilning 19-20 mart kunlari o‘zlari saylangan hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Navro‘z”- umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda qatnashdilar.
Tuman deputatlari o‘tkazilgan tadbirlarda so‘zga chiqib, bayram ishtirokchilarga o‘z tilaklarini yetkazdilar, ta’limda ilg‘or pedagoglar hamda o‘quvchilarga xalq deputatlari tuman Kengashining esdalik sovg‘alari va maqtov yorliqlarini topshirdilar