Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari tomonidan samarali ishlar tashkil etilmoqda. Deputatlar “Mahalla yettiligi” da ayni damda o‘tkazilayotgan xatlov jarayonlarini o‘rganish uchun tumandagi “Do‘ngqishloq”, O‘roqchitepa”, “Yangiko‘rpa”, “Qilichmozor”, “Navoiy”, “G‘ayrat” mahallalarida bo‘ldilar . Va aholi vakillari bilan suhbatlar olib bordilar.