Karmana tumanida joylashgan Navoiy Innovatsiyalar universiteti hovlisida «Maьrifat izlab» loyixasi doirasida «Gulxan atrofida» ijodiy kechada adiblarimiz hamda OʼzLiDeP deputatlari ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Tadbirda Navoiyning asl farzandlaridan Oʼzbekiston jurnalistlar aʼzosi Аshurali Joʼraev, shoir Vafo Fayzullo, OʼzLiDeP partiyasidan saylangan deputatlardan Bozorova Saodat Jamolovna, Nosirova Shoira Narmurodovna, Sharipova Moxira Аbdullaevna va Karmana tuman partiya apparat raxbari X.Kuldoshevlar ishtirok etishdi. Oʼtkazilgan suhbat davomida yoshlarimiz kitobga boʼlgan qizikishini nomoyon qilishib oʼz fikr mulohazalarini bildirishdi.