Keyingi yillarda joylarga tushib, saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, odamlarning talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Natijada uzoq yillardan buyon o‘z yechimini kutib turgan muammolar ijobiy yechim topa boshladi.
Shu misol tariqasida xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Samo Abdug‘aniyev “Q.Qarshiyev”, “Namuna” va “Tupor” mahallasida joylashgan saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Muloqot davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar qayd etilib, ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflar tinglandi. Ular tomonidan bildirilgan murojaatlarni qonun doirasida tegishli tashkilotlar bilan o‘rganib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi.