Mustaqillik va Toxirshayx mahallalari o‘rtasida piyodalar yo‘lagi tashkil etiladi.
Ikki mahalla o‘rtasida aholiga qulayliklar yaratish va yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlash maqsadida barpo etiladigan yo‘lak bo‘yicha tegishli soha vakillari bilan vazifalar belgilab olindi.
Do‘stlik mahallasidagi uzumzor ko‘zdan kechirildi
Niyat xolis, maqsad mushtarak boʻlsa, oʻylangan ulugʻvor rejalar albatta amalga oshadi. Do‘stlik mahallasida tashkil etilgan uzumzor hosilga kirsa bu yerda yashovchi aholining ish bilan bandligi taʼminlanadi, oilalar farovonligi yaxshilanadi.