Bugun 13-mart kuni Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasinining yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Boʻstonliq tumani mahalliy budjetining 2024-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlarining taqsimlanmagan qismi hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar toʻgʻrisida;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-6166-son Farmoni ijrosi toʻgʻrisida mas'ullarning hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.