Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputatlari aholi bilan muloqotlarda tomorqadan samarali foydalanish, xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib kelishmoqda.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati, Navoiy viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Sh.Nabiyev Qal’ayi-Azizon mahallasidagi xonadonlarda bo‘lib, aholining muammolari va takliflarini o‘rgandi. Aholi bilan muloqotlarda tomorqadan samarali foydalanish, xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mahalla mas’ullari bilan "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati.