Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
deputati Sanobar Xo‘jamurotova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi mutaxassisi
Zarifa Soatboeva, Xolimbeg ovul fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Nargiza Axmedovalar
qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida
aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, yoshlarga berilgan
imkoniyat va imtiyozlar, odob-axloq, yosh qizlar o‘rtasida erta turmush qurishning
oldini olish bo‘yicha hayotiy misollar asosida keng tushuntirish berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi O‘zbekiston ayol-qizlariga yo‘llagan murojaati o‘qib eshittirildi
va mohiyati tushuntirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.