Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlaridagi shart-sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, obodonlashtirish, sanitar holati va muammolari yuzasidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish borasida mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, tuman rahbari shifoxonada davolanayotgan bemorlar va ularning yaqinlari bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat borasida fikrlari bilan qiziqdi hamda davolanayotgan ayollarni, hamshira va sanitarkalarni yaqinlashib kelayotgan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.