Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun 14-"Toza-bog‘" saylov okrugidan O‘zXDP Ellikqal’a tuman kengashi deputati A Baynazarov belgilangan reja asosida "Toza-bog‘" BPTda uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda BPT a’zolarining oldida turgan vazifalari va kelgusidagi rejalar haqida kelishib olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 14-sonli Toza-bog‘ saylov okrugidan saylangan deputat A.Baynazarov saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 17-sonli Al-Xorazimiy saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Sapayeva saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 13-sonli Jetkinshek saylov okrugidan saylangan deputat R.Allabergenov saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 9-sonli Sarabiy saylov okrugidan saylangan deputat A.Avezov saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 18-sonli Bog‘yop saylov okrugidan saylangan deputat B.Echchanova saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 6-sonli Qilchinoq saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdalova saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 23-sonli Yangi O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat M.Yusupova saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
Ellikqal’a tumani "Qizilqum" OFY hududida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Azatov ҳамда Jo‘qorg‘i Kengesi deputati X.Sultanovlar o‘z saylovchilariga 2025 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik ishlari to‘g‘risida axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 10-sonli Adil saylov okrugidan saylangan deputat U.Karimov saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi. Uchrashuvda saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalar e’tiborga olindi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati A.Bayrieva ishtirok qildi.
Ishtixonda korrupsiyaga qarshi kurash, ochiqlik va jamoat xavfsizligiga doir masalalar muhokama qilindi

Bugun Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, mas’ul rahbarlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatda korrupsiyaga qarshi tizimli kurash, davlat organlarining ochiqligi va jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir Prezident farmonlari va qonunchilik hujjatlari ijrosining hududiy darajadagi holati muhokama qilindi.

PF-5633-sonli Farmon ijrosi: Xalq qabulxonalari faoliyati tahlil qilindi

Kun tartibining birinchi masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-sonli Farmoni – *“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”*gi farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Prezidentning Ishtixon tumani Xalq qabulxonasi mudiri A. Yusupov axborot berdi.

🔍 Hisobotda tumandagi davlat tashkilotlarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifati, ochiqlik tamoyillari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga doir chora-tadbirlar, shuningdek, qabulxonalarga kelib tushayotgan asosiy murojaatlar tahlili atroflicha yoritildi.

A. Yusupov Xalq qabulxonalari orqali yechim topayotgan muammolar soni ortib borayotgani, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash borasida qator ijobiy siljishlar kuzatilayotganini alohida qayd etdi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligi

Yig‘ilishda keyingi masala – O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi ijrosi yuzasidan tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Tog‘ayev hisoboti tinglandi.

👮‍♂️ Hisobotda jinoyatchilikka qarshi kurash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahalla va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik kameralarining qamrovi, patrul xizmatining samaradorligi bo‘yicha ham raqamli ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

Deputatlar tomonidan Ichki ishlar bo‘limi bilan mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, tuman markazida va chekka hududlarda xavfsizlik choralarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yakuniy xulosalar

✅ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi har ikki masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

✅ Mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga zudlik bilan munosabat bildirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi. 

Slide 1 of 3