"Ishsizlikdan holi hudud"
Uchquduq tuman Abay mahalla fuqarolar yig'inida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Nasirova mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mahallada jami 172 ta ishsizlardan 100 nafari ish bilan ta'minlangan, 72 nafar fuqarolarni ish bilan ta'minlash choralari ko'rilmoqda. Migrantlar soni 721 nafar, barchasi o'rganilgan, 14 nafari qaytish istagini bildirgan. Mahalladagi ishsiz fuqarolar bilan suhbat o'tkazildi. Tumanda mavjud bo'sh ish o'rinlari bo'yicha takliflar berildi. Ishlash istagini bildirgan fuqarolarni murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat mahalladagi mas'ul xodim hokim yordamchisi J.Obidov bilan borilib, fuqaro bandligini ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi.