Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLA BANKIRI FAOLIYATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

 Aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda mahalla bankirining o‘rni muhim. Ayniqsa, fuqarolarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, o‘z biznesini boshlash istagidagi aholiga ko‘maklashish hamda mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Yangiobod SHFYda mahalla bankirining faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mahallada mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak berish, aholini daromadli faoliyatga jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar bilan manzilli ishlash;
— Oilalarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
— Moliyaviy xizmatlar va imtiyozli dasturlar haqida aholining xabardorligini oshirish;
— Bandlik va tadbirkorlikka oid murojaatlarni o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash.

Maqsad — Yangiobod SHFYda aholi bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromadlarini ko‘paytirishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 2