Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi a’zolari, Kengash Kotibiyati xodimlari hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot beruvchi mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi ikkita masala o‘rin oldi:

🔹 Tumanda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalari hamda hududlarda atrof-muhit holati to‘g‘risidagi masala;

🔹 Bag‘dod tumanida yashillik darajasini oshirishga qaratilgan tuman Yashil dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala.

Mazkur masalalar yuzasidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i T.Beknazarovning hisoboti tinglandi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan ekologik holatni yaxshilash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish hamda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, deputatlar o‘z saylov okruglarida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini ilgari surdilar.

Yig‘ilish yakunida deputatlar va ekspert guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, muhokama qilingan masalalarni navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 5