Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🍂 2026–2027-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari
I.Masharipov va M.Kariyev o‘z saylov hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablarida 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
🔹 O‘rganish davomida:
Ta’lim muassasalarining isitish tizimlari holati;
Qish mavsumida foydalaniladigan yoqilg‘i zaxirasi;
Bino va xonalarning issiqlikni saqlash darajasi;
Elektr energiyasi hamda boshqa zarur kommunal ta’minot holati;
Bolalar va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Asosiy maqsad: ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, bolalar va o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishdan iborat.