Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlar xam faol
янв.21
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi

  Muborak Ramazon hayiti va Navroʻzi olam umumxalq bayrami arafasida Buxoro shahrida buyuk alloma, tib ilmi zabardast namoyandasi Abu Ali ibn Sino nomi bilan atalgan ixtisoslashtirilgan maktabi ochilgani nafaqat taʼlim sohasidagi muhim qadam, balki maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda quvonchli voqeadir. Bu yangilik mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida xalq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, inson qadrini ulugʻlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish va yurtimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega. 

Avvalgi “Mehribonlik uyi” oʻrnida qad rostlagan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialini foydalanishga topshirish tadbirida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi. Viloyat rahbari yurtdoshlarimizni qoʻshaloq ayyom—muborak Ramazon hayiti va Navroʻz bayrami bilan samimiy qutlab, yosh avlod va ular ota-onalari, pedagogik jamoani yana bir koʻrkam ilm maskani ishga tushirilgani bilan muborakbod etdi.  

  Eʼtirof qilinganidek, bu taʼlim maskani nafaqat zamonaviy bilimlar oʻchogʻi, balki buyuk tabib va mutafakkir ajdodimiz Ibn Sinoning boy ilmiy merosini yosh avlod qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladi. Bunda tahsil olayotgan oʻquvchilar chuqur bilim egallab, ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshiradi hamda kelajakda yurtimizning munosib vakillari boʻlib yetishadilar. Maktabni barpo etish, jihozlashda munosib hissa qoʻshgan tashkilotchilar, quruvchi-muhandislar, ustoz va murabbiylarga samimiy minnatdorlik bildirildi.  

  Ramziy alvon lenta qirqilgach, tadbirda yigʻilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari viloyat mutasaddilari jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari bilan birgalikda taʼlim dargohida kelajagimiz egalari uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdilar.  

  Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filiali barcha talablarga javob beradigan infratuzilmaga ega boʻlib, uni barpo etish uchun umumiy qiymati 13,5 milliard soʻm mablagʻ sarflangan. Zamonaviy andozada, uch qavatdan iborat maktab 360 nafar oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, 120 oʻrinli yotoqxonasiga ham ega. Dargohda 28 ta zamonaviy sinfxona, 3 ta fan laboratoriyasi, kutubxona, sport zali va boshqa zarur shart-sharoit yaratilgan. 

  Shuningdek, maktabda “Language Stars”, “Aniq hisob akademiyasi”, “Ijod va ilhom maktabi”, “Reaksiya va natija”, “Ilm va tabiat” kabi toʻgaraklar faoliyat yuritib, oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Quvonarlisi, endigina faoliyat boshlaganiga qaramasdan, taʼlim dargohi oʻz yosh isteʼdod sohiblariga ega. Hozirda ushbu taʼlim muassasasida 66 nafar oʻquvchi tabiiy fanlar yoʻnalishida tahsil olmoqda. Qisqa vaqt ichida ularning erishgan yutuqlari alohida eʼtiborga loyiq.  

  Jumladan, STEM fanlari olimpiadasida 8-sinf oʻquvchisi Asila Nusratova va 7-sinf oʻquvchisi Farid Murotov 2-oʻrinni, Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida esa Farid Murotov 2-oʻrinni, 7-sinf oʻquvchisi Laziza Yunusova 3-oʻrinni egallagani maktabda yoʻlga qoʻyilgan taʼlim sifati va oʻqituvchilarning yuqori salohiyatidan dalolatdir.  

  Navqiron avlod ertasi va taʼlim-tarbiyasiga katta ishonch bildirgan viloyat rahbari va jamoatchilik vakillari ezgu niyatlar bilan maktab hovlisiga daraxt koʻchatlarini oʻtqazdilar.  

Slide 1 of 6