Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlar xam faol
янв.21
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi
#nazorat

Mahalla raisining faoliyati qonun va xalq manfaatlari mezonlari asosida tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova tomonidan "Abdulla Qahhor" mahallasida navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri amalga oshirildi. Ushbu o‘rganishning bosh maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 209-sonli farmoni bilan mahalla raisiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarning amaldagi ijrosini o'rganishdan iborat bo‘ldi.

Deputatlar tomonidan mahalla raisining faoliyati quyidagi 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi:

🔹Obodlik va ijtimoiy ko‘mak: Rais tomonidan har oyda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy hashar ishlarining sifati hamda ehtiyojmand oilalar xonadonlarini ta’mirlashga qaratilgan tashabbuslar tahlil qilindi.

🔹Ma’naviy-ma’rifiy ishlar: To‘y-marosimlarni ixchamlashtirish va isrofgarchilikning oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlarining natijadorligi o‘rganildi.

🔹Davlat organlarini safarbar etish: Mahallaga biriktirilgan tashkilot vakillarining aholi muammolarini hal etishdagi ishtiroki hamda raisning ularga nisbatan talabchanligi ko‘rib chiqildi.

🔹"Mahalla yettiligi" ustidan rahbarlik: Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning haftalik hisobotlari eshitilishi hamda har oyda kamida 10 tadan real muammoning hal etilishi yuzasidan o‘rnatilgan nazorat tizimi tekshirildi.

🔹Jamoatchilik nazorati: Maktabdagi davomat, poliklinika xizmati va tadbirkorlik obyektlarining sanitar holati bo‘yicha rais tomonidan o‘tkazilgan haftalik o‘rganishlar hujjatlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida deputat Muhiddin Abdullayev mahalla raisi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlarni e’tirof etish bilan birga, aholi murojaatlari bilan ishlashda tezkorlikni oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

✍️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla mas’ullariga aniq muddatli ko‘rsatmalar berildi. Bunday deputatlik o‘rganishlari shahrimizning barcha mahallalarida tizimli ravishda davom ettiriladi

Slide 1 of 5