Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 99-sessiyasi 22-may kuni oʻtkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 20-mayda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari oltinchi chaqiriq, to‘qson to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2024-yil 20-may kuni chaqirilgan navbatdan tashqari oltinchi chaqiriq, to‘qson to‘qqizinchi sessiyasi 2024-yil 22-may kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- Samarqand viloyatida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, xorijda yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat sektor rahbarlarining 2024-yil I choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobotlari;
- boshqa masalalar.