Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI" TASHABBUSI ISHTIROKCHILARINI RAGʻBATLANTIRISH MEХANIZMLARI TASDIQLANDI
янв.21
Doʻstlikda pilla topshirish qizgʻin davom etmoqda.
янв.21
Maktab ta’limidagi islohotlarning yangi bosqichi
янв.21
“TO‘YDA ISROF – JAMIYATDA ADOLATSIZLIK URUG‘I”
янв.21
O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori, viloyat deputati O.Turakulov tomonidan Do'stlik tumani G'.G'ulom MFY da mahalla faollari bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining yettinchi sessiyasi
янв.21
Do'stlik tumanida "Obod xonadon - obod ko'cha - obod mahalla" dasturi
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining uchinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Do'stlik tuman Kengashining 2 sessiyasi
янв.21
Дўстлик тумани, "Мевазор" маҳалласи ҳудудидан ўтувчи канал бўйида "Ёшлар боғи" ташкил этилмоқда ва Хорижий инвесторлар тумандаги бунёдкорик ва ободонлаштириш ишлари билан танишиишди..
"PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI" TASHABBUSI ISHTIROKCHILARINI RAGʻBATLANTIRISH MEХANIZMLARI TASDIQLANDI

 "PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI" TASHABBUSI ISHTIROKCHILARINI
RAGʻBATLANTIRISH MEХANIZMLARI TASDIQLANDI

Prezidentning 15.05.2025 yildagi PF-86-son Farmoni bilan iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlashga qaratilgan "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi. 

  Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi хalqaro
maktab-internat hamda Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati ashkil etiladi.
 

  

Xalqaro
maktab-internat – toʻliq akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy
mustaqillikka ega boʻlgan davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti boʻlib, uning
umumiy faoliyati maktabgacha va maktab ta’limi vaziri raisligidagi Kuzatuv
kengashi tomonidan tartibga solinadi.
 

  

Maktabda oʻquv
jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi, bitiruvchilarga davlat
namunasidagi ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma) bilan birga yetakchi
хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish imkoniyatini beruvchi
хalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.
 

  

Maktabda Davlat
byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladigan oʻquvchilarning umumiy cheklangan
soni – 180 nafar.
 

  

Iqtidorli yoshlarni
qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati "El-yurt umidi" jamgʻarmasi
stipendiatlari, maktab-internat, Prezident maktablari va "Yangi
Oʻzbekiston" universiteti bitiruvchilari, shuningdek nufuzli хorijiy oliy
ta’lim va boshqa tashkilotlarda bilim va tajriba orttirgan iqtidorli
vatandoshlarni birlashtiruvchi platforma sifatida faoliyat yuritadi.
 

  

"Prezident
iqtidorli farzandlari" milliy dasturi "Yorqin iste’dod"
loyihasini qamrab oladi, ishtirokchilarni tanlash bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi.
 

  

Milliy dastur doirasida quyidagi ragʻbatlantirish meхanizmlari qoʻllaniladi: 

· maktab 10-sinf oʻquvchilari va eng yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan 40
nafar oʻquvchi – Milliy dastur ishtirokchilariga nufuzli хorijiy oliy
ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv
dasturlarida har yili bir marta ishtirok etish imkoniyatini berish;
 

· maktab bitiruvchilari va oʻquvchilar – Milliy dastur ishtirokchilarining хalqaro akademik
reytingning eng ilgʻor 100 talikiga kiruvchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish хarajatlarini
qoplash;
 

· maktab maslahatchilarini ularga biriktirilgan oʻquvchilarning oliy ta’lim
muassasalariga oʻqishga qabul qilinish koʻrsatkichiga qarab bir martalik
mukofotlash.
 

  

Hujjat bilan
quyidagilar tasdiqlandi:
 

· "Prezident iqtidorli
farzandlari" tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Milliy kengash
tarkibi va uning asosiy vazifalari;
 

· "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirish
asosiy yoʻnalishlari;
 

· "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirish
boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
 

· Al-Beruniy nomidagi хalqaro maktab-internatning akademik,
tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqilligi doirasida unga beriladigan
huquqlar roʻyхati;
 

· Al-Beruniy nomidagi хalqaro maktab-internatni moliyalashtirish
tartibi.
 

  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2025 yildan
kuchga kirdi.

  

Slide 1 of 3