Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlar xam faol
янв.21
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ishtirok etgan sport musobaqasi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 10-sonli saylov okrugidan saylangan deputati Fotima Saidabdullayeva o‘z saylov hududida hashar ishlarini tashkil etdi.

Mazkur tashabbus hududni obodonlashtirish, atrof-muhitni toza saqlash, mahalla aholisi faolligini oshirish hamda jamoat joylarini tartibli holga keltirish maqsadida amalga oshirildi. Hasharda mahalla faollari va fuqarolar ham faol ishtirok etib, hududni yanada obod qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Tadbir davomida ko‘chalar va jamoat joylari tozalanib, hududdagi yashil maydonlar tartibga keltirildi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat hududni obod qilish, balki aholi o‘rtasida hamjihatlik, birdamlik va o‘zaro yordam muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hashar yakunida saylov hududi yanada toza, tartibli va ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘ldi, fuqarolar uchun qulay va ozoda muhit yaratishda muhum amallardan biri bol`ldi

Slide 1 of 7