Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlar xam faol
янв.21
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti tinglandi.

#Tuman_Kengashi_sessiyasida 

 “Samarqand suv ta’minoti” AJ Payariq filialida korrupsiyaga qarshi kurashish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilgan o‘rganish natijalari yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti tinglandi.

Axborotda ta’kidlanganidek, o‘rganish jarayonida filial faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi. 

Sessiya davomida deputatlar tomonidan masala yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, korrupsiyaviy omillarning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 3