Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ishtirok etgan sport musobaqasi
янв.21
“Madad” NTT va Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi o‘zaro hamkorligi: hudud rivoji va jamoatchilik nazoratining muhim omili
"Barcha tomonlarning muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari"

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 17–19 fevral kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrif va tashrif doirasida davlatimiz rahbari Tinchlik kengashining birinchi sammitida faol ishtirok etdi va muhim xalqaro tadbirlarda so‘zga chiqdi.

Davlatimiz rahbari nutqida O‘zbekiston tinchlikparvar tashabbuslarni qo‘llab‑quvvatlashni davom ettirishga tayyor ekanligi, G‘azo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida amaliy hissa qo‘shishga tayyorligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, u bu sammit xalqaro hamkorlik va global barqarorlikni mustahkamlash uchun muhim vosita ekanligini qayd etdi.

Deputat sifatida shuni aytish kerakki, bu ishtirok O‘zbekistonning nafaqat mintaqaviy balki global miqyosda ham tinchlik, hamkorlik va ochiq muloqotni ustuvor yo‘nalish sifatida ilgari surayotgan davlat ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

P.Tojiboyev
Zomin tuman Kengashi deputati