Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlar xam faol
янв.21
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi
#jarayon

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 9-“Bobur” saylov okrugidan saylangan deputat saylovchilar bilan uchrashish va mahallalar infratuzilmasining holatini bevosita oʻrganish maqsadida hududga chiqdi.

Deputat K.Umarboyev oʻz hududidagi ijtimoiy obʼyektlar va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini koʻzdan kechirdi. Xususan, oqova ariqlarning tozaligi va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻrganish jarayonida ariqlarning ayrim joylarida tozalash ishlariga ehtiyoj borligi aniqlandi va tegishli masʼullarga zudlik bilan chora koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Hududning iqtisodiy faolligini oshirish va aholining daromad manbalarini kengaytirish maqsadida, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarga oqava ariqlardan oqilona foydalanishga qaratilgan inovatsion taklif bilan chiqdi.

Ushbu taklif suv sifatini tozalashga yordam berishi bilan birga, aholi uchun qoʻshimcha oilaviy biznes imkoniyatini yaratadi.

Slide 1 of 1