Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam
янв.21
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”
янв.21
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
янв.21
Xalq deputatlari Do’stlik tuman Kengashi deputati Saotxon Jalolovna Manas MFYda saylovchilar orasida
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da Doʻstlik tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni Deputatlar tomonidan manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan
янв.21
Doʼstlik tumani bolalari "Koinot" oromgohida
янв.21
Do'stlik tumanida deputatlar tomoidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari yuzasidan Munosabat
янв.21
"PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI" TASHABBUSI ISHTIROKCHILARINI RAGʻBATLANTIRISH MEХANIZMLARI TASDIQLANDI
янв.21
Doʻstlikda pilla topshirish qizgʻin davom etmoqda.
Deputat o‘z saylovchilari oldida hisobot berdi.

1-Bog‘ibaland saylov okrugidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashiga saylangan deputat, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Badriddin Nasriyevning Samarqand shahar “Ma’arifat” mahallasi hududidagi 11-son umumta’lim maktabida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda deputat Badriddin Nasriyev 2025 yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlari, Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturining ijrosi yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar hamda saylov okrugi hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish va ijobiy yechimi bo‘yicha olib borilgan amaliy ishlar yuzasidan deputatning hisoboti tinglandi. 

    Xususan, 1-chorak davomida 1-Bog‘ibaland saylov okrugida aniqlangan muammolar va masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga 6 marta deputatlik so‘rovlari yuborilgani, "Deputat mahallada" loyihasi doirasida sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ular muammolari o‘rganilgani, jumladan, Samarqand shahar “Xo‘ja qishloq” mahallasi fuqarolari tomonidan mahallaning Qavsar ko‘chasida 150 dan ortiq xonadon markazlashgan ichimlik suviga ulanmaganligi to‘g‘risida murojaati 2025 yilgi davlat dasturiga kiritilib, joriy yilda amalga oshirilishi, “Xo‘ja qishloq” mahallasidagi bo‘sh turgan yer maydonida “Bolalar sport maydonchasi” qurilishi to‘g‘risida murojaat Samarqand shahar hokimligi tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etilayotgani, “Geologlar” MFY fuqarolari M.Mullajonova va M. Muhiddinovalar uyi buzilib, bir necha yildan buyon uy berilmayotgani va yangi qurilayotgan uy-joylardan xonadon ajratishda amaliy yordam berish bo‘yicha qilgan murojaati ijobiy hal etilayotgani, ya’ni fuqaro M.Mullajonovaga “Geologlar” mahallasi “Sokol” ko‘chasida qurilayotgan uyning 53-bloki, 2-qavatidan 90 kv.m. xonadon ajratilishi ko‘zda tutilgani, “Motrid” mahalla fuqarosi Hamroqulov Masejonning 59-umumiy o‘rta maktab hududida qo‘shimcha yangi biblioteka qurish va unga harajat qilinadigan 200,0 mln so‘m mablag‘ni mahalliy byudjet tomonidan ajratilishiga amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaati Samarqand shahar moliya bo‘limi tomonidan ijobiy hal qilingani to‘g‘risida axborot berdi. 

    Bundan tashqari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)lari eshitilib, ularga hududdan kelib chiqib, tegishli taklif va tavsiyalar berilgani, 1-chorak davomida Samarqand shahar hokimligi, viloyat elektr ta’minoti, “Hududiy gaz”, Avtomobil yo‘llari, “Ichimlik suvi”, ta’lim muassasalari va boshqa davlat organlari va tashkilotlari hamda viloyat va shahar Mahallalar uyushmasi kabi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi. 

    Deputat o‘z saylov okrugida 2025 yilning 2-choragida amalga oshiradigan ishlari yuzasidan ham axborot berdi. Jumladan:

- 1-Bog‘ibaland saylov okrugi mahallalaridagi fuqorolarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mahallalardagi mavjud muammolar bo‘yicha takliflarni o‘rganib, mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ijrosini ta’minlash;

- hududdagi ijtimoiy soha ob’yektlaridagi muommolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich bartaraf etish choralarini ko‘rish;

- davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar yuzasidan mahallalarda fuqarolar bilan sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazish;

- umumta’lim maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlar o‘rtasida yoshlarni faolligini oshirish hamda mavjud muammolarni ijobiy yechim topish bo‘yicha “Deputat va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish va o‘tkazish;

- O‘zXDP pozisiyasidan kelib chiqqan holda viloyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud muammolar yuzasidan Kengash sessiyalarida takliflar kiritish;

- va boshqa masalalar.

Slide 1 of 3