Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” doimiy komissiyasi hamda “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyalarining QO‘SHMA yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Uyma-uy loyihasi doirasida aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Nodira Baynazarova "Beshbuloq" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Депутат фуқаролар учун сайёр қабул ўтказди.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
янв.21
xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya” bo‘yicha doimiy komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi
янв.21
3-Chuchuquduq saylov okrugi deputati S.Malikova aholi muammolari hamda okrug hududidagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlarning saylovchilar oldida axborot berishi davom etmoqda
янв.21
Deputat Sherzod Mengliyev saylovchilar oldida axborot berdi.
Deputatlar_faoliyati

Bandixon tumanida “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining mahallalardagi saralash bosqichi o’tkazildi

“Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston-2030” strategiyasi to’g’risidagi Farmoni hamda partiya saylovoldi dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo’yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarimizni qo’llab-quvvatlash hamda zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratish maqsadida har yili “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovi o’tkazib kelinadi. 

Bugun Bandixon tumanida tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo’limi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bandixon tuman Kengashi, tuman Madaniyat bo’limi hamda Bandixon Barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining mahallalar saralash bosqichi o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi A.Allamuradov ishtirok etib, tadbirkor xotin-qizlarimiz bilan suhbatlashdi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkor ayollarimizning g’oyalari, takliflari tinglandi. 

Tadbir yakunida g’olib tadbirkor xotin-qizlarimiz hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 6