O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 20-Mustaqillik saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘ulom Xo‘jamqulov o‘z saylov okrugida joylashgan “Beshqo‘ton” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, 2025-yil davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berdi. Uchrashuv jarayonida saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Tegishli idora va tashkilotlar vakillarining ishtirokida aksariyat muammolar shu yerning o‘zida hal etilib, mutassadilarga kerakli tavsiyalar berildi.