Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqonobod tumanida yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi targ‘iboti
янв.21
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Xo‘jamqulov G‘ulom Abdullaevich Beshqo‘ton mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida Dehqonobodda ichki yo‘l muammosi bartaraf etildi
янв.21
#korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi Dehqonobod tumanida korrupsiyaga qarshi “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
янв.21
Deputat kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Dehqonobod tumanida maromiylik bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Hayitova Dilorom Chutaevna Istiqlol mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi hamda hududidagi maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi
янв.21
Sarchashma mahallasida deputat hamda nuroniylar tashabbusi bilan yo‘l ta’miri amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Sh.Shokirov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Onorov, Oqtosh va Beliboyli mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazishdi.
Prezident murojaatnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Prezident murojaatnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashideputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnoma yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda deputatlar tomonidan Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda kelgusidagi vazifalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani, ushbu yil doirasida mahallalarning o‘rni va nufuzi yanada mustahkamlanishi, joylarda aholining muammolarini hal etishga qaratilgan aniq va manzilli choralar ko‘rilishi alohida ta’kidlandi.

Davra suhbatida mahallalarda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda mazkur masalalarni 2026-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

O‘z navbatida, tuman Kengashi deputatlari ham Prezident murojaatnomasi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, joylarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalarda aholi bilan bevosita muloqotni kengaytirish, davlat organlari va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar. Deputatlar tomonidan hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator amaliy takliflar bildirildi.

Yakunda davra suhbati ishtirokchilari tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, har bir deputatning mahallalardagi muammolarni hal etishdagi mas’uliyatini oshirish hamda taklif va tashabbuslarni amaliy dasturlarga tatbiq etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3