2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla va oila institutiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir. Ushbu qaror mahallani faqat hududiy boshqaruv bo‘g‘ini sifatida emas, balki jamiyatni isloh qilish va taraqqiyotni ta’minlashdagi asosiy tayanch kuch sifatida rivojlantirishga xizmat qiladi.
Biz, jamoatchilik va yoshlar bilan ishlash tizimida faoliyat olib borayotgan vakillar sifatida, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni joylarda to‘liq va sifatli ijro etish, mahallaning nufuzini oshirish hamda aholi, ayniqsa yoshlar farovonligini ta’minlash yo‘lida bor bilim va tajribamizni safarbar etamiz.