Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaror asosida Dehqonobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarda amalga oshiriladigan infrastruktura loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Hamkorlik Memorandumi imzolandi
янв.21
Depuatatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI DEHQONOBOD TUMAN KENGASHINING 2026-YILDA BO‘LIB O‘TGAN SESSIYALARIGA OID MA’LUMOTLAR
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII-chaqiriq 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Muammo va takliflar, ijtimoiy obyektlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova Beshbuloq mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi
CHINOZ TUMANI. Deputatlar Qonun ijrosini o‘rganishdi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Asqar Baxramov hamda Mirsoat Mirsodiqov tuman markazidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi №O‘RQ-371-son Qonunning ijrosi hamda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalariga kiruvchi yo‘nalishlarni amalga oshirilishi holati, bu borada tuman Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa vakolatga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, mahalla hududida profilaktik ishlarning samaradorligi, fuqarolar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari, nazorat tadbirlari hamda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida yig‘ilish o‘tkazilib, jinoyatchilikni kamaytirish, mahalladagi xavfsizlikni ta’minlash va profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4