Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqonobod tumanida yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi targ‘iboti
янв.21
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Xo‘jamqulov G‘ulom Abdullaevich Beshqo‘ton mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida Dehqonobodda ichki yo‘l muammosi bartaraf etildi
янв.21
#korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi Dehqonobod tumanida korrupsiyaga qarshi “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
янв.21
Deputat kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Dehqonobod tumanida maromiylik bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Hayitova Dilorom Chutaevna Istiqlol mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi hamda hududidagi maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi
янв.21
Sarchashma mahallasida deputat hamda nuroniylar tashabbusi bilan yo‘l ta’miri amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Sh.Shokirov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Onorov, Oqtosh va Beliboyli mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazishdi.
“Korrupsiya-taraqqiyot yo‘liga to‘siq”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda.  

Har yili 9-dekabr dunyo miqyosida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, iqtisodiy rivojlanishga, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchiga qanday zarar yetkazishini yana bir
bor eslatib turadi. Korrupsiya-davlat boshqaruvi ochiqligi va adolatiga qarshi qaratilgan eng xavfli illatlardan biridir. U nafaqat iqtisodiy yo‘qotishlarga, balki eng asosiysi, jamiyatdagi ishonch muhitining yemirilishiga olib keladi. Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat oldida turgan muhim va dolzarb vazifadir. 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Bu borada kompleks islohotlar amalga oshirilmoqda: 

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi” tashkil qilindi. Agentlik davlat idoralarida shaffoflikni oshirish, korrupsiyaviy xavflarni baholash va oldini olish bo‘yicha muhim vakolatlarga ega. 

“Hamma narsa ochiq bo‘lsa-korrupsiya bo‘lmaydi” tamoyili asosida bir qator tizimlar joriy etildi. Davlat xizmatlari markazlari va “my.gov.uz” portali orqali xizmatlarning elektron shaklga o‘tkazilishi, tender va davlat xaridlarining “ochiq e-auksionlar” orqali amalga oshirilishi, budjet ma’lumotlarining “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilikka taqdim etilishi, bu choralar inson omili aralashuvini kamaytirib, shaffoflikni oshirishga xizmat qilmoqda. 

“Korrupsiyasiz soha” loyihalari bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash, bojxona, soliq, ichki ishlar kabi ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarda korrupsion xavflarni bartaraf etishga qaratilgan “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida jarayonlarni raqamlashtirish, xizmatlarni avtomatlashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish kabi chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 

Fuqarolar, jurnalistlar va nodavlat tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli oshirildi. Bugungi kunda, davlat idoralari faoliyati bo‘yicha ochiq hisobotlar, jurnalistlar uchun axborot olishning kafolatlangan huquqi, korrupsion holatlar yuzasidan “onlayn murojaat platformalari” keng joriy etilgan. 

Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qaramay, korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat idoralarining vazifasi emas. Jamiyatdagi har bir fuqarodan qonunlarga hurmat, halollik tamoyiliga sodiqlik, mas’uliyat va faollik talab etiladi. 

Korrupsiya-har qanday davlat rivoji uchun xavfli to‘siq. O‘zbekistonda bu illatga qarshi qat’iy siyosat yuritib, halollik muhitini shakllantirish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 9-dekabr sanasi esa
mazkur jarayonlar dolzarbligini yana bir bor yodga soladi. 

Halollik-taraqqiyotning poydevori, korrupsiyasiz jamiyat esa ertangi kunimizning ishonchli kafolatidir. 

S.Bekmurodova
Zomin tuman Kengashi deputati 

Sud huquq masalallari va korrupsiyaga qarshi kurashish
masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi