Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi raisi Z.Salimova tomonidan Bo‘ston hamda Oydin yo‘l mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi hamda tuman Kengashi deputatlari Beshqoʻton mahallasi ahliga murojaat qildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimining navbatdagi murojaati Yangiobod mahallasi fuqarolariga bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Z.Salimova Qo‘rg‘ontosh mahallasidagi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” da turadigan fuqarolar holidan xabar oldi.
янв.21
Dehqonobod tumanida yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi targ‘iboti
янв.21
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Xo‘jamqulov G‘ulom Abdullaevich Beshqo‘ton mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida Dehqonobodda ichki yo‘l muammosi bartaraf etildi
янв.21
#korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi Dehqonobod tumanida korrupsiyaga qarshi “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
#_munosabat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 13 noyabr kungi 234-sonida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasida ta’kidlanishicha, mintaqa mamlakatlari uzoq yillardan keyin birinchi marta birgalikda oldinga yurish, umumiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi bosqichga kirib keldi.

Davlat rahbari fikricha, bu jarayon “o‘z-o‘zidan” emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari siyosiy irodasi, aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari natijasidir. Mintaqada o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti mustahkamlanib, hamkorlik keng ko‘lamdagi zaruratga aylandi.

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari yangi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini yaratganini, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammit esa barqaror, o‘zaro bog‘liq va farovon Markaziy Osiyoni barpo etishda muhim bosqich bo‘lishini qayd etadi.