OʼzLiDeP deputatlari tumanidagi Chiroqchi MFY hududidagi Chiroqchi kichik sanoat zonasi faoliyatini oʼrgandilar
Mazkur kichik sanoat zonasidagi URBES xususiy korxonasi (rahbari Sh.Eshtemirov) isitish qozoni va temir eshiklar ishlab chiqaradi. "Kuktosh paper" xususiy korxonasi (rahbari B.Аshurov)karton qogʼozdan qutilar ishlab chiqaradi.Buyursin tekstil xususiy korxonasi (rahbari G`.Jalolov)tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqaradi.Jasmina tekstil MChJ (rahbari J.Togʼaev) tayyor mato ishlab chiqaradi.Tadbirkorlar kichik sanoat zonasida elektr taʼminoti, suv va gaz masalasida umuman muammo yoʼqligini bildirdilar. Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan xaridorgir mahsulotlar butun mamlakatimiz boʼyicha sotilmoqda .Korxonalarda ish qizgʼin davom etmoqda. Tadbirkorlarga ish faoliyatida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va aholini ish bilan ta'minlash borasida maslahatlar berildi.