Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Oliy Majlis Senati Kengashining yalpi majlisi kun tartibidagi masala ijrosi viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganildi.

Oliy Majlis Senati Kengashining yalpi majlisi kun tartibidagi masala ijrosi viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganildi.

Do'stlik MFYda ichimlik suvi tarmoqlari eskirganligi sababli, aholi murojaatlariga asosan xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-maydagi 7-sonli yalpi majlisi kun tratibiga kiritilgan edi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga Uzunbuloq—O‘smat yo‘nalishi bo‘yicha ichimlik suv tarmog‘ini tortish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Unda joriy yilda Davlat dasturlari asosida 27,5 mlrd so‘mlik loyihaning qurilish ishlari boshlanganligi, ichimlik suvi quvurlari to‘liq olib

kelinib, qurilish-montaj ishlari boshlanganligi aniqlandi. 

O‘rganish yakunida tegishli mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish kerakligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2