Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
🗳 Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi tomonidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish, g‘olib deb topish hamda ularni moliyalashtirish yuzasidan muhim qaror qabul qilindi.
📌 Qarorga muvofiq:
2026-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi va ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib loyihalar aniqlandi.
📋 Tasdiqlandi:
✔️ Ovoz berish yakuniga ko‘ra shakllangan g‘olib loyihalar ro‘yxati
✔️ Sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar
✔️ Deputatlar tanlovi asosida saralangan tashabbuslar
💰 Mazkur loyihalar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.